Yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan mahallabay va fuqarobay ish uslublari ayni damda aholi murojaatlari va jamiyatdagi koʻplab muammolarni bartaraf etishda jamiyatimizdagi barcha sohalar uchun eng samarali yoʻl ekanligi oʻz isbotini koʻrsatmoqda.
Mahallabay ishlash tizimi murakkab jarayon boʻlishiga qaramasdan, unda har bir insonning dardini tinglash, uning qismatini tubdan oʻzgartirish, jamiyat taraqqiyotini iqtisodiy oʻsishlar bilangina emas, balki aholining oʻz hayotidan mamnunligi bilan oʻlchash kabi mezonlar mavjud.
Kitob tumani FHDYO boʻlimi xodimlari tumanning olis manzillardagi mahallalarda mobil sayyor xizmati bilan tashrif buyurib, odamlarning davlat xizmatlariga boʻlgan ehtiyojini qanoatlantirmoqda. Masalan, fuqoro Samadov Sobir bir necha yildan buyon shaʼriy nikoh asosida yashab kelayotganligi hamda oiladagi yetishmovchilik sababli ularning 5 nafar farzandlariga tugʻilganlik haqida guvohnoma rasmiylashtirilmagan edi. Kitob tumani FHDYO boʻlimi xodimlari koʻmagida 2007-yil tugʻilgan Samiyeva Umida Sobir qizi, 2009-yil tugʻilgan Samiyev Asilbek Sobir oʻgʻli, 2012-yil tugʻilgan Samiyeva Asliddin Sobir oʻgʻli, 2015-yilda tugʻilgan Samiyev Sherbek Sobir oʻgʻli hamda 2020-yil tugʻilgan Samiyeva Munisa Sobir qiziga tugʻilganlik haqida guvohnomalar rasmiylashtirib berildi.
“Farzandimni bolalar bogʻchasiga joylashtira olamay ancha sarson boʻlgan edim. Endi mushkulim oson boʻldi” deydi bolalarning onasi.
Aholi murojaatlarini mahallabay oʻrganish bu kabi koʻplab muammolarni bartaraf etmoqda.