Xayrli hamkorlik yoʻlida

    Xalqaro hamkorlik 10 Dekabr 2020 1107

    Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va Innovatsion rivojlanish vazirligi oʻrtasidagi oʻzaro anglashuv memorandumini imzolandi.

    Memorandumni imzolash marosimida agentlik rahbarining birinchi oʻrinbosari Otabek Hasanov kirish soʻzga chiqib, xodimlarni boshqarish va inson resurslarini rivojlantirish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida aytib oʻtdi.

    Shuningdek, O.Hasanov Innovatsion rivojlanish vazirligi rahbariyatiga, hamkor vazirlik va idoralar hamda oliy taʼlim muassasalari vakillariga agentlik tashabbusini qoʻllab-quvvatlaganlari uchun minnatdorlik bildirdi.

    Oʻzaro anglashuv memorandumi davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish boʻyicha ilmiy va amaliy loyihalar tanlovlari uchun davlat buyurtmasini shakllantirish tartibini belgilaydi.

    Shuningdek, mazkur memorandumga koʻra, agentlik hamda vazirlik davlat fuqarolik xizmatida xodimlarni boshqarish va inson resurslarini rivojlantirishning innovatsion usullarini ishlab chiqish va ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishni tashkil etish ishlarini oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.

    Memorandum bilan hamkorlik tadbirlarini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanib, uning ijrosi yuzasidan monitoring olib borishga kelishildi.

    Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Axborot xizmati