Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Farg'ona viloyatiga joriy yilgi safari davomida Nayman mahalla fuqarolar yig'inida istiqomat qiluvchi “Temir daftar”ga ro'yxatga olingan Mahmudova Mo'minaxonning xonadonida bo'lgan, suhbat davomida xonadonni qayta ta'mirlash kerakligi xaqida fikr-mulohazalar o'rtaga tashlangan edi. Vazir tashabbusi bilan mazkur xayriya ishi xomiylik asosida amalga oshirildi.
Kuni kecha, Madaniyat vazirining birinchi o'rinbosari Bahodir Ahmedovning Farg'ona viloyatiga safari davomida viloyat madaniyat boshqarma boshlig'i Jahongir Tojibaev, Quvasoy shahar hokimligi, O'zbekiston davlat filarmoniyasi Farg'ona viloyat bo'limi rahbari Otabek Muxammadzohid hamda tegishli mutasaddi tashkilot rahbarlari bilan birga xonadon o'z egalariga tantanali ravishda topshirildi.
Xonadon egalari mazkur xayriya ishida bosh-qosh bo'lgan Madaniyat vazirligi xamda barcha mutassadilarga o'z minnatdorchiligini bildirdi, deb xabar bermoqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati.