Xayrullo Bozorov Fargʻona viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi

    44-Toshloq okrugidan saylangan deputat Komilov Xolmatjon Odilovich xalq deputatlari Fargʻona viloyati Kengashi raisi etib saylandi.

    Bugun Xalq deputatlari Fargʻona viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi oʻtkazildi.

    Unda viloyat Hududiy saylov komissiyasi raisi Erkinjon Nuraliyevning joriy yil 27-oktyabrda boʻlib oʻtgan saylov yakunlari toʻgʻrisidagi axboroti tinglandi.

    Sessiyada 44-Toshloq okrugidan saylangan deputat Komilov Xolmatjon Odilovich xalq deputatlari Fargʻona viloyati Kengashi raisi etib saylandi.

    Shuningdek, sessiyada xalq deputatlari Fargʻona viloyati Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari roʻyxatdan oʻtkazilib, viloyat Kengashining Reglamenti va doimiy komissiyalar toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi.

    Maslahatlashuvda Prezident tomonidan Fargʻona viloyati hokimi lavozimiga Bozorov Xayrullo Hayitboyevich nomzodi koʻrsatilganligi bildirildi.

    Xalq deputatlari Fargʻona viloyati Kengashi qaroriga muvofiq Bozorov Xayrullo Hayitboyevich Fargʻona viloyati hokimi lavozimiga bir ovozdan tasdiqlandi.