“Xazorasp-Toshkent” yoʻnalishi boʻyicha yangi avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyildi

    Transport 15 Sentabr 2021 1996

    Xorazm viloyatining Xazorasp tumanidan “Xazorasp-Toshkent” yoʻnalishida yangi avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyildi.

    Ushbu yoʻnalishga “Toshkent viloyati shaharlararo yoʻlovchi tashish avtosaroyi” MCHJ tomonidan zamonaviy, barcha qulayliklarga ega boʻlgan “YUTONG” avtobuslarida yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatiladi.

    Mazkur yoʻnalishning harakatlanish jadvaliga xaftaning xar kuni soat 13:00 da Xazorasp tumani markaziy buyum bozorining avtobekatidan amalga oshiriladi.

    Buxoro viloyatiga 53 000 soʻm, Navoiy viloyatiga 66 000 soʻm, Samarqand viloyatiga 85 000 soʻm, Jizzax viloyatiga 98 000 soʻm Guliston viloyatiga 107 000 soʻm, Toshkent viloyatiga 120 000 soʻmdan xizmat koʻrsatiladi, deya xabar beradi Xorazm viloyati Transport boshqarmasi Matbuot xizmati.