Tadbirda Qirgʻiz Respublikasi Bosh vaziri Akыlbek Japarov, Xitoy Xalq Respublikasining Rivojlanish va islohotlar davlat qoʻmitasi departamenti raisining oʻrinbosari Chjan Szyanxua, “China Railway International” Bosh direktori Chjou Sin, Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri Ilhom Maxkamov, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi Zufar Narzullayev ishtirok etishdi.
Tadbir doirasida Transport vaziri I.Maxkamov XXRning Rivojlanish va islohotlar davlat qoʻmitasi departamenti raisining oʻrinbosari Chjan Szyanxua, Qirgʻiz Respublikasi transport va kommunikatsiyalar vaziri Absattar Sыrgabayevlar bilan uch tomonlama muzokaralar oʻtkazdi.
Muzokaralar davomida Qoʻshma korxona va Qirgʻiz Respublikasi Hukumati oʻrtasida tomonlarning taʼsis Bitimi, Qoʻshma korxona Nizomi hamda konsession bitim boʻyicha masalalar koʻrib chiqildi, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.