Xitoy 15-sentabrdan rossiyaliklar uchun 30 kungacha vizasiz rejim joriy qiladi

    Xitoy hukumati 15-sentabrdan boshlab odatiy xorijga chiqish pasportga ega Rossiya fuqarolari uchun 30 kungacha vizasiz rejim joriy qiladi. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Go Szyakun ma'lum qildi.

    “Xitoy va boshqa davlatlar fuqarolarining o'zaro sayohatlarini yanada osonlashtirish maqsadida Xitoy tomoni fuqarolari vizasiz kirish huquqiga ega bo'lgan davlatlar qatorini kengaytirishga qaror qildi. 2025-yil 15-sentabrdan 2026-yil 14-sentabrgacha odatiy pasportga ega bo'lgan Rossiya fuqarolari uchun sinov tariqasidagi vizasiz siyosat amal qiladi”, dedi u.

    Rasmiy vakilning ta'kidlashicha, rossiyaliklar Xitoyga biznes, turizm uchun, qarindoshlari yoki do'stlarini ko'rish yoki 30 kungacha tashriflar almashish maqsadida vizasiz tashrif buyurishlari mumkin, deb xabar berdi tass.ru.

    “Ikki davlat rahbarlarining strategik rahbarligi ostida Xitoy-Rossiya munosabatlari yuqori darajada rivojlanishda davom etmoqda”, dedi Go Szyakun. “Xitoy ikki davlat xalqlari o'rtasidagi almashuvlarni faollashtirishga katta ahamiyat beradi, ular o'rtasidagi o'zaro hamkorlikni kuchaytirishni qo'llab-quvvatlaydi, yangi davrda Xitoy va Rossiya o'rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik va muvofiqlashtirishni rivojlantirishga ijobiy hissa qo'shadi”.