Xabarda aytilishicha, sun'iy yo'ldosh Shansi viloyatidagi (Shimoliy Xitoy) Tayyuan kosmodromidan Pekin vaqti bilan soat 08:10 da “Chanchjen-6” raketasi yordamida uchirildi va “belgilangan orbitaga muvaffaqiyatli chiqarildi”.
Tarozi yulduz turkumi nomi bilan atalgan Tianping-3 asosan yerga asoslangan radar uskunalarini kalibrlash, shuningdek, Yerning quyi orbitasining fazoviy muhitini kuzatish va orbitani bashorat qilish modelini korreksiyalash uchun ishlatiladi, deb xabar beradi report.az.