Xitoy ChinaSat 10R aloqa sun'iy yo'ldoshini koinotga muvaffaqiyatli olib chiqdi

    Xitoy Xalq Respublikasi ChinaSat 10R aloqa sun'iy yo'ldoshini orbitaga muvaffaqiyatli olib chiqdi. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi xabar berdi.

    Unga ko'ra, uchirish Sichan kosmodromidan (janubiy-g'arbiy Sichuan viloyati) Pekin vaqti bilan 20:11 da CZ-3B (“Chanchjen-3-bi”) raketasi yordamida amalga oshirilgan. “Chanchjen” tashuvchilari uchun bu 560-missiya.

    CZ-3B (model CZ-3B/E uchirilganda ishlatilgan) uch bosqichli suyuq yonilg'ida uchadigan raketa bo'lib, uning diametri 4,2 metr, uzunligi 56,3 metr va past Yer orbitasiga 12 tonnagacha foydali yukni olib chiqishga qodir. Odatda, bu tashuvchi sun'iy yo'ldoshlarni geostatsionar orbitaga jo'natish uchun ishlatiladi, u yerda u 5,5 tonnagacha yukni yetkazib berishi mumkin, deb xabar beradi tass.ru.