Xitoyning «Jenmin jibao» gazetasi maʼlumotiga ko‘ra, og‘irligi 120 tonnadan ortiq bo‘lgan Xitoy choyi temir yo‘l orqali Sinszyan provinsiyasiga jo‘nab ketgan. Yuk u yerdan avtomobil orqali Irkeshtam chegara punktiga yuboriladi va tovar 15 kunda O‘zbekistonga yetib keladi.

Ayni paytda Xitoy O‘zbekiston va Qirg‘izistonning eng yirik savdo sherigi hisoblanadi. «Bu Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston yo‘nalishi bo‘yicha bozor talabidan kelib chiqib yo‘lga qo‘ygan birinchi charter tranzit qatnovidir», dedi gazeta muxbiriga bergan intervyusida “Chunsin-Sinszyan-Yevropa” logistika kompaniyasi marketing bo‘limining savdo bo‘yicha menejeri Chjan Juyyuy.

Anʼanaviy intermodal temir yo‘li yo‘nalishlari asosan Sinszyanning “Xorgos” nazorat-o‘tkazish punkti orqali o‘tadi. Yangi yo‘nalish esa «temir yo‘l+magistral» xalqaro multimodal konteyner tashish usulidan foydalanadi.