Ishlab chiquvchining so‘zlariga ko‘ra, bu klinik foydalanishga kiritilgan dunyodagi birinchi invaziv tibbiy miya-kompyuter interfeysi qurilmasidir, deb xabar beradi Xinhua axborot agentligi.

«NEO» deb nomlangan tibbiy qurilma 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan, bo‘yin umurtqasi shikastlanishi tufayli kvadriplegiyaga chalingan va barmoqlarini ushlash qobiliyatini yo‘qotgan bemorlar uchun mo‘ljallangan.

Tanga o‘lchamidagi invaziv qurilma miyaga joylashtiriladi va unga miya signallarini real vaqt rejimida to‘plash va dekodlash imkonini beradi. Buning yordamida bemor pnevmatik qo‘lqopni ongi bilan boshqarishi mumkin.

Qurilma epidural tarzda kiritiladi. Bu usul yuqori signal sifatini saqlab qolish bilan birga miya to‘qimalariga zarar yetkazish xavfini kamaytiradi. Qurilma shuningdek, simsiz quvvat va aloqa tizimi bilan jihozlangan, bu uni bir marta o‘rnatish va uzoq vaqt davomida ishlatish imkonini beradi. Bemorlar operatsiyadan keyin taxminan bir oy davomida tizimni uyda mustaqil ravishda boshqarishlari mumkin, deb xabar berdi kazinform.