Evropa Ittifoqining ma'lum qilishicha, EI va Xitoy o'rtasidagi savdo aylanmasi 2020 yilda 711 mlrd dollarga etgan bo'lsa, bu borada AQShning natijasi 673 mlrd. dollarni tashkil etgan.

Hisobotda aytilishicha, XXRning Evropaga imorti o'tgan yilda 5,6 foizga, eksport hajmi esa 2,2 foizga o'sgan. AQSh-EI o'rtasidagi savdo hajmi esa hisobot davrida 13,2 foizga tushib ketgan.

Xitoyning bu natijaga erishishida Osmonosti mamlakatining Qozog'iston va Rossiya orqali Evropaga yangi transport yo'lagining ochgani muhim ahamiyat kasb etgani ta'kidlanmoqda. O'zbekiston orqali o'tadigan temir yo'l esa Xitoyni Evropa bilan bog'laydigan tranzitsiz xalqaro yo'lagining birinchi qismi sifatida baholanmoqda.