Qayd etilishicha, Long March-6 raketa-tashuvchisisining Tianhui-5 sun'iy yo'ldoshi bilan modefikatsiyalangan versiyasi Xitoy shimolidagi Shansi viloyatidagi Tayyuan kosmodromidan mahalliy vaqt bilan soat 6:50 da  fazoviy uskunani belgilangan orbitaga muvaffaqiyatli olib chiqdi.

Sun'iy yo'ldosh geografik xaritalash, yer resurslarini tadqiq qilish, ilmiy tajribalar o'tkazish va boshqa vazifalarni bajarishda qo'llanilishi rejalashtirilgan.

Xitoy o'zining milliy koinot dasturini faol rivojlantirmoqda, meteorologik, telekommunikatsiya va navigatsiya sun'iy yo'ldoshlarini, shuningdek, Oyni tadqiq qilish texnologiyalarini ishlab chiqmoqda. Xitoylik mutaxassislar bir vaqtning o'zida asteroidlar va Marsni o'rganish bo'yicha loyihani amalga oshirmoqda.

Yer orbitasida Xitoyning Tyangun koinot stantsiyasining qurilishi yakunlandi, u fazoviy tadqiqotlar bo'yicha xalqaro hamkorlikka qo'shilishga tayyor.

2022-yilda Xitoy 64 ta parvozni amalga oshirib, o'z rekordini yangiladi va AQShdan keyin ikkinchi o'rinni egalladi, deb xabar beradi korrespondent.net.