Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, uchrashuvda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va Xitoyning “CRRC Zhuzhou Locomotive” kompaniyasi oʻrtasida lokomotiv parkini modernizatsiya qilish va yangilash boʻyicha shartnoma imzolandi.
Ushbu shartnoma Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasiga oliy darajadagi tashrifi chogʻida davlat rahbarlari oʻrtasida erishilgan kelishuvlarga muvofiq tuzilgan.
Kelishuvga koʻra, Xitoy kompaniyasi mamlakatimiz temir yoʻllarida qoʻllanilayotgan “Oʻzbekiston” seriyali 12 ta elektrovozni modernizatsiya qiladi, shuningdek, 38 ta yuk va yoʻlovchi elektrovozlari, teplovozlar va manyovr lokomotivlarini 2034-yilgacha boʻlib-boʻlib toʻlash asosida yetkazib beradi.