Hamkorlik boʻyicha Bitimni imzolashga bagʻishlangan tantanali marosim chogʻida Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov va SAMSE bosh direktori Li Xaysin Kitob tumanidagi “Qaynar”, Shahrisabz tumanidagi “Miraki” va Qamashi tumanidagi “Maydanak” turistik hududlarida zamonaviy osma dor yoʻllarini barpo etish, viloyatda “yashil energetika”ga oʻtish va energiya tejovchi texnologiyalarni ishlab chiqarish hamda agrologikstika markazlarini qurish boʻyicha hamkorlik loyihalarini amalga oshirishga kelishdilar.

Tomonlar 2023-yil davomida oʻzaro delegatsiyalar almashishni hamda Qashqadaryo viloyatida zamonaviy infratuzilmalarni yaratish boʻyicha Xitoy tajribasini qoʻllashni rejalashtirib oldilar.