Oq-qora rangdagi suratda sayyoraning choʻl manzaralari, marsoxodning izlari koʻrinib turibdi. Uskuna uch oylik missiya doirasida qizil sayyoraning sirtini oʻrganmoqda. Zhurong Marsning geologik tuzilishini, atmosferasi hamda tuprogʻini ham oʻrganadi. Shuningdek, marsoxond sayyorada hayot izlarini topishi, suv yoki muzliklar bor-yoʻgʻligini aniqlashi kerak.

Avvalroq Xitoy milliy koinot boshqarmasi Marsning sariq-jigarrang choʻli, vodiylari hamda kichik kraterlarining videotasvirini eʼlon qilgan edi.