Uchrashuv davomida Navoiy viloyatida dorivor moddalarni sintez qilish zavodini tashkil etish loyihasini amalga oshirish boʻyicha fikr almashildi.

Eslatib oʻtamiz, Navoiy viloyatida dorivor moddalarni sintez qilish zavodini tashkil etish boʻyicha Xitoy Fanlar Akademiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi oʻrtasida kelishuv mavjud boʻlib, unga asosan Xitoy tomoni 10 million dollar miqdorida sarmoya kiritishi va zavod yoʻlga qoʻyilgach, yiliga 36,3 million dollarga teng boʻlgan dori vositalari uchun tabiiy va kimyoviy moddalar, shu jumladan koronavirusga qarshi vositalar ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Hozirda korxonani tegishli idoralarda roʻyxatdan oʻtkazish va erkin iqtisodiy hududga aʼzolik masalalari boʻyicha hujjatlar ishlab chiqilyapti va yer maydonining ajratilishi, bosh pudratchini va texnologik uskunalarni yetkazib beruvchini tanlash, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish va boshqalar boʻyicha tegishli ishlar amalga oshirilyapti.

Innovatsion rivojlanish vazirligi Xitoy tomonidan ushbu loyihani amalga oshirish kelishilgan rejadan ortda qolayotganligini, qurilish ishlarini keskin jadallashtirish zarurligi hamda zarur holda Innovatsion rivojlanish vazirligi ushbu qurilishni amalga oshirishda amaliy yordam koʻrsatishga tayyor ekanligini maʼlum qildi, deb xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.