Xitoy fanlar akademiyasining Sрanxay astronomik observatoriyasi tomonidan ishlab chiqilgan qurilma katta, to'liq harakatlanuvchi, yuqori aniqlikdagi, ko'p maqsadli radioteleskopdir, deb yozadi “Sinxua”. Olimlarning fikricha, CHanbayshan` tog'i mintaqasi musaffo osmon va quruq iqlimi tufayli fazoni kuzatish uchun ideal joy.

Qurilishi tugallangach, yangi teleskop butun mamlakat bo'ylab boshqa beshta teleskop va Sрanxaydagi bitta ma'lumot markazi bilan tarmoqqa ulanadi, bu Xitoyning kuzatish imkoniyatlarini oshiradi va fazoni chuqur o'rganishga xizmat qiladi.

Yangi teleskop va uning stansiyasi qurilishi 2024-yil oxirigacha yakunlanadi, deb xabar beradi tass.ru.