Xitoy o'zining to'rt oyoqli robotlaridan qutqaruv ishlarida foydalanishni boshladi

    Xitoyning yong'in xavfsizligi va qutqaruv xizmatlari it shaklidagi mahalliy to'rt oyoqli robotlarni ilk bor ishga tushirdi. Bu haqda Global Times gazetasi xabar berdi.

    Nashr ma'lumotlariga ko'ra, birinchi shunday mashinani Chansha shahrida (Xunan viloyati) qutqaruv guruhlaridan biri qabul qilib oldi. Ta'kidlanganidek, avvalroq sinov bosqichidan o'tgan bunday robotlarni ommaviy joriy etish jarayoni boshlandi.

    Yangi X30 sharqiy Xanchjou shahrida (Chjetszyan viloyati) joylashgan DEEP Robotics kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Robotning uzunligi 1 metr, balandligi 50 santirmetr, og'irligi esa taxminan 56 kilogramm.

    Mexaniklashtirilgan robot allaqachon bir nechta qutqaruv mashqlarida qatnashgan, jumladan, ularga baland binolarda yordam berdi. Mashina ekstremal sharoitlarga yaxshi moslashgan va Selsiy bo'yicha minus 20 dan plyus 55 darajagacha bo'lgan haroratlarda vazifalarni muvaffaqiyatli bajara oladi, deb xabar beradi tass.ru.