Maʼlum qilinishicha, sinovlar doirasida u har safar 210 metr masofani bosib oʻtib, soatiga 50 kilometr tezlikka erishgan. Loyihaning yakuniy maqsadi yoʻlovchilar va yuklarni 1000 km/soat va undan ortiq tezlikda vakuumli boʻshliqda tashishdir.
Xitoy loyihasi haqida koʻp narsa maʼlum emas. Shu narsa maʼlumki, sinovlar obyektni qurgan va ishga tushirgan mudofaa pudratchisi — Xitoy Aerokosmik fan va sanoat korporatsiyasi (CASIC) tomonidan amalga oshirilgan.
Oʻz navbatida, CASIC vakillari sinovlar davomida muhim komponentlar, jumladan, oʻta oʻtkazuvchan magnitlar, kuchli elektr tizimlari, sunʼiy intellekt xavfsizligini boshqarish tizimlari, simsiz aloqa qurilmalari va sensorlar rejaga muvofiq ishlaganini maʼlum qildi.