Xitoy suv ostida ucha oladigan va suza oladigan dron ishlab chiqdi

    Xitoylik olimlar dunyoda birinchi bo'lib suv ostida suza oladigan va ucha oladigan dron ixtiro qildi.

    Bu haqda South China Morning Post xabar bermoqda.

    Qurilmaning uchishi uchun foydalanadigan parraklar 5 soniyada suvda buklanadi va fyuzelyajga mahkam joylashadi, bu esa suvning qarshiligini sezilarli darajada kamaytiradi va maxsus eshkakli vintlar suv ostida harakatlanishni ta'minlaydi.

    Shimoli-g'arbiy politexnika universiteti (NWPU) tomonidan Xitoy aerodinamika tadqiqot va ishlanmalar markazi (CARDC) bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan uchuvchisiz uchish qurilmasi suv osti kemasidan uchiriladi va o'z vazifasini bajarib, unga qaytadi. Havoda yuqori manevr qilish va suvda ishlash qobiliyati tufayli dron razvedka va zarbalar berish uchun ishlatilishi mumkin.

    Nashrning yozishicha, mavjud mudofaa texnologiyalari bunday qurollarni to'xtatishga qodir emas, deb xabar beradi report.az.