Unda O‘zbekistonning Termiz va Namangan shaharlarida biznes jarayonlarini autsorsing qilish uchun ikkita markazni (BPO markazlarini) yaratish to‘g‘risidagi hujjat imzolandi.
BPO markazlarini birgalikda ochish loyihasi AKT vazirligi va “Huawei” o‘rtasida 2022 yil mart oyida Barselonada erishilgan kelishuvlar doirasidagi hamkorlikning davomi, shuningdek, “Huawei” va IT Park o‘rtasida 2022 yil yanvar oyida imzolangan Memorandumda belgilangan rejalarni amalga oshirishdir.
- “Huawei” O‘zbekiston AKT hamjamiyatining faol ishtirokchisi bo‘lib, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish orqali mamlakatning raqamli rivojlanishiga hissa qo‘shib kelmoqda, - dedi kompaniyaning O‘zbekistondagi direktori Chen Szyakay. - Bugun biz O‘zbekistonda “Huawei” kompaniyasining aqlli va “yashil” kampuslar yaratishda qo‘llaniladigan yechimlari asosida ikkita BPO markazini ishga tushirishga kelishib oldik. Markazlar aqlli qurilmalar ekotizimlari, shuningdek, qayta tiklanadigan energiya manbalari bilan taʼminlanadi.