Taʼkidlanishicha, Ichki ishlar vazirligi xodimlari koʻmagida olib kelingan bolalardan biri Rossiya Federatsiyasidan qolgani ikki nafari esa Xitoy Xalq Respublikasi hududidan keltirildi.
"Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan voyaga yetmaganlarning oilalari va Oʻzbekistondagi yaqin qarindoshlari oldindan oʻrganib chiqilgan boʻlib, ularning ogʻir turmush sharoitida qoldirilganligi baholanmoqda.
Keyinchalik ularga bolaning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda psixologik yordam, huquqiy maslahatlar, oʻqishga joylashtirish va boshqa xizmatlarni oʻz ichiga olgan kompleks ijtimoiy xizmatlar koʻrsatiladi", deyiladi xabarda.
Maʼlumot uchun: oktabr oyi boshidan xorijda ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan 11 nafar bola Oʻzbekiston Respublikasiga qaytarildi.
Yaqin kunlarda yana Rossiya Federatsiyasidan yana bir guruh bolalar olib kelinishi rejalashtirilmoqda.