Korporatsiyaning ma'lumotlariga ko'ra, raketa mahalliy vaqt bilan 08:54 da Szyutsyuan kosmodromidan havoga ko'tarildi. Uning yordami bilan sun'iy yo'ldosh Yer orbitasining quyi qismiga muvaffaqiyatli uchirildi.
Fazoviy kema Shanxay koinot texnologiyalar akademiyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Uning vazifasi atmosfera holatini, shuningdek, yerdagi suv havzalarini kuzatish, tabiiy ofatlarni bashorat qilish va iqlim o'zgarishlari haqida ogohlantirishdir. Bundan tashqari, qurilma ilmiy tajribalar uchun ham ishlatilishi mumkin, deb xabar beradi mir24.tv.