Zilzila Xitoyning Tibet avtonom viloyatidagi Nagçu şahar okrugida sodir böldi, deb xabar berdi “Sinxua” axborot agentligi mahalliy favqulodda vaziyatlar boşqarmasiga tayanib.

Dastlabki maʼlumotlarga köra, 11 kişi jiddiy jarohat olgan.

Zilzila oqibatida 339 oilaning uyi vayron bölgan. Qutqaruvçilar qidiruv-qutqaruv işlarini davom ettirişmoqda va jarohatlanganlarga yordam körsatişmoqda. Rasmiylar zarar miqdorini baholaşmoqda, deb xabar berdi rbc.ru.

Xitoy Favqulodda vaziyatlar vazirligining maʼlumotlariga köra, zilzila epimarkazi 10 kilometr çuqurlikda bölgan. Rasmiylar 4-darajali favqulodda vaziyatlar böyiça tezkor guruhni eʼlon qilişdi va zarar körgan hududga maxsus guruh yuborişdi.

Xitoyda tört bosqiçli favqulodda vaziyatlar böyiça tezkor çoralar tizimi mavjud. Uşbu tizim böyiça 1-darajali eng oğir deb hisoblanadi.

Iyun oyida “Sinxua” Xitoyning Siçuan viloyatida 5,5 magnitudali zilzila sodir bölganini xabar qilgandi, öşanda 13 kişi jarohat olgandi. Ularning barçasi yengil jarohat olgandi va heç kim halok bölmagandi. Rasmiylar 196 kişini evakuatsiya qilişdi, yer silkinişlari 21 ta uyga zarar yetkazdi va yölning bir neçta qismida toş qulaşiga sabab böldi.