Mazkur tashkilotning maʼlumotlariga qaraganda, Xitoyda COVID-19ga qarshi emlanganlar 1,18 milliard nafardan oshdi.
Bu dunyo boʻyicha vaksina olganlarning uchdan koʻprogʻi deganidir.
Avvalroq Shanxaydagi Xuashan shifoxonasi infeksion kasalliklar boʻlimi boshligʻi Chjan Venxun koronavirus infeksiyasi tarqalishiga nisbatan vaksinatsiyani tezlashtirish u bilan kurashishda eng samarali usul ekanini taʼkidlagan edi.
Shifokor aholini koronavirusga qarshi emlashning tezlashtirilishi COVID-19ga qarshi kurashishda shifokorlarning ishini yengillashtirishini alohida qayd etdi.