Bo'r davriga oid dinozavr qoldiqlari 2021-yilda sharqiy Szyansi viloyatidagi Ganchjou shahridagi qurilish maydonchasida aniqlangan. Tadqiqot davomida olimlar qoldiqlar Titanozavrning yangi turiga tegishli ekanligini aniqlashdi va uni Gandititan cavocaudatus deb nomlashdi. Hammasi bo'lib, uning skeletidagi suyaklarning 40 foizga yaqini topilgan.
Topilmalar orasida, xususan, yaxshi saqlangan umurtqa pog'onasi ham bor bo'lib, u dinozavrning umumiy tana uzunligi taxminan 14 metr bo'lganidan dalolat beradi, deb xabar beradi tass.ru.
Olimlarning ta'kidlashicha, kashfiyot bu turning bo'r davridagi evolyutsiyasi va tarqalishini o'rganishda muhim ahamiyatga ega.