Unda qayd etilishicha, shu yilning aprel oyi oxirlarida Chjenszyan shahridan boʻlgan 41 yoshli erkakning issigʻi koʻtarilgan. Oradan bir necha kun oʻtib, ahvoli yomonlashgach, shifokorga murojaat qilgan hamda tezda shifoxonaga yotqizilgan.
Kasalliklar nazorati va profilaktikasi milliy markazi tomonidan bemordan tahlil olinganida, u haqiqatdan ham H10N3 infeksiyasini yuqtirib olgani maʼlum boʻldi. Bemor bilan aloqada boʻlgan barcha insonlar tezda tibbiy nazoratga olindi. Hozircha ularda kasallanish holatlari qayd etilmadi.
Maʼlumot uchun: mazkur infeksiya parrandalarda uchraydi. Genom tahlili mazkur infeksiya odamlarga yuqish ehtimoli juda kam ekanini isbotlagandi. Shunday boʻlsa-da, odamning ushbu infeksiyani yuqtirishi bilan bogʻliq ilk holat qayd etildi.