Xitoyda haydovchi avtomobilda piyodalarni urib yubordi, oqibatda o'nlab odam jarohatlandi

    Xitoy janubidagi Guandun viloyatidagi Chjuxay shahrida 62 yoshli erkak yo'ltanlamas avtomobilni olomon ustiga haydadi.

    Oqibatda o'nlab odamlarni jarohatladi. Bu haqda Gonkongning “Sindao jibao” gazetasi xabar bermoqda.

    “11-noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 19:48 atrofida avtomobil Chjuxayning Syanchjou tumanidagi sport markazi yaqinida ko'plab piyodalarni urib yubordi, keyin esa qochib ketdi”, deyiladi xabarda.

    Jarohatlanganlar shifoxonaga yotqizildi, rasmiy manbalarda hozircha o'lim haqida xabar yo'q.

    Qayd etilishicha, politsiya voqea joyiga tezda yetib kelgan va Fan familiyali 62 yoshli haydovchini qo'lga olishga muvaffaq bo'lgan va u hibsda saqlanmoqda.

    Politsiya jinoyatchining harakatlari sabablarini aniqlash bo'yicha surishtiruv ishlarini olib bormoqda, deb xabar beramoqda report.az.