Bu haqda Xitoy Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish boshqarmasi xabar berdi.
Tadqiqot shuni ko'rsatdiki, bugungi kunda o'tkir respiratorli yuqumli kasalliklar mamlakat hududida faol tarqalmoqda. Xususan, 14 yosh va undan kichik yoshdagi bolalar orasida metapnevmovirus bilan kasallanish ko'paymoqda, bu ko'proq shimoliy viloyatlarda qayd etilmoqda.
Independent avvalroq Xitoyda respirator virus bilan kasallanish holatlari ko'payib borayotgani, bu shifoxonalarning to'lib ketishiga olib kelayotgani haqida yozgan edi. Bu qishda Xitoyning shimoliy viloyatlarida odam metapnevmovirusi (HMPV) deb aniqlangan virus bilan kasallanish holatlari keskin ko'paydi, ayniqsa bolalar o'rtasida tarqaldi.
Metapnevmovirus shamollash va grippga o'xshash simptomlarni keltirib chiqaradi. Kasallik odatda yengil kechsa-da, ayniqsa, chaqaloqlar, keksalar va immuniteti zaif odamlarda pnevmoniya kabi jiddiy asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin, deb yozadi gazeta.
Dekabr oyi oxirida Tayvanning Money UDN nashri metapnevmovirus tufayli o'lim darajasi 43 foizga yetganini yozdi. Tezkor skrining uchun reagentlarga ega bo'lgan COVID-19 dan farqli ravishda, odam metapnevmoniyasi virusini tekshirish uchun juda ko'p reagentlar mavjud, deya ta'kidladi portal. Bundan tashqari, hozirgi vaqtda mazkur virusni davolash uchun preparatlar mavjud emas, faqat kasallik uchun qo'llab-quvvatlovchi terapiya tavsiya etilishi mumkin, deb xabar beradi rbc.ru.