To'liq elektr vositasida harakatlanadigan uchar likopcha mahalliy texnologiya kompaniyasi tomonidan ishlab chiqildi.

Gap iUFO uchar apparati haqida ketmoqda. U Shenzhen UFO Flying Saucer Technology texnologiyasiga asoslangan. Qurilmada vertikal uchish va qo'nish uchun oltita havo o'tkazgichi va 12 ta parraklar hamda kabina mavjud. Ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo'lgan kadrlarda uchar likopchaning havoga ko'tarilib, sport maydonchasi ustida uchayotganini ko'rish mumkin.

Qurilma 200 metr balandlikka ko'tarilishi va taxminan 15 daqiqalik parvozni amalga oshirishi mumkin. Hozirda ikki o'rindiqli iUFO ning diametri taxminan besh metrni tashkil etadi. Kelajakda esa uning diametri taxminan 7,5 metr bo'lishi kutilmoqda va unga to'rt kishi joylasha oladi, deb xabar beradi mir24.tv.