Qayd etilishicha, amaldor olgan poralarning umumiy miqdori taxminan 25 million dollarni tashkil qilgan. Tergov mansabdor shaxsning korruptsion sxemalardagi ishtirokini isbotlashga muvaffaq bo'lgan.

Manbaga ko'ra, u tashkilotlar va jismoniy shaxslardan pul olgan. Buning evaziga Chjou Szyanyun yer bilan bog'liq muammolarni hal qilishga va qurilish loyihalarini loyihalashda yordam bergan.

U 2001-yildan buyon shunday shartnomalarni imzolab keladi. O'sha paytda u bosh okrug magistrati o'rinbosari lavozimida ishlagan. Siyosatchining o'lim jazosi ikki yillik sinov muddatidan so'ng umrbod qamoq jazosiga almashtirilishi ham istisno qilinmayapti. Bundan tashqari, Chjou Szyanyun siyosiy huquqlardan mahrum qilinadi va mulki musodara qilinadi, deb xabar beradi tengrinews.kz.