Xitoy Fanlar akademiyasi qoshidagi Shenyan avtomatlashtirish instituti xodimi Lyu Lyansin boshchiligidagi olimlar guruhi mazkur robotni ishlab chiqishda so'rg'ichlari yordamida qirg'oqlarga sirpanib chiqa oladigan baliqdan ilhomlanishdi.
Robotga cho'tkalar o'rnatilib, 3D printerida bosilgan yumshoq so'rg'ichlarga birlashtirildi va shu asosda tirmashuvchi suv osti roboti ishlab chiqildi. U nafaqat kema yuzasiga mahkam o'rnasha oladi, balki suv ostida osongina sirpanib harakatlanishi mumkin, deb xabar beradi mir24.tv.
Ekspertlarning qo'shimcha qilishicha, robot okean muhandisligi, dengiz fani va suv osti tadqiqotlari sohasida asqatadi.