Avvalroq Xitoy markaziy televideniyesi seshanba kuni Sutsyan shahrining bir necha hududlari tornado yuz bergani haqida xabar bergan edi. Xabarda aytilishicha, besh kishi halok bo'lgan, yana to'rt kishi jarohat olgan.

Ma'lum qilinishicha, tornado 137 turar-joy binosini vayron qilgan, 1,6 mingdan ortiq bino zarar ko'rgan. Mahalliy hokimiyat organlari tabiiy ofatdan jabr ko'rgan hududlardan 405 nafarga yaqin odamni xavfsiz joyga ko'chirdi.

Keyinchalik quyun o'sha viloyatdagi Yanchen shahrining hududini ham aylanib o'tdi. Besh kishi halok bo'lgani tasdiqlandi, to'rt kishi yengil tan jarohati oldi, deb xabar beradi korrespondent.net.