Yangilangan ma'lumotlarga ko'ra, Gansu viloyatida 113 kishi, Sinxay viloyatida 31 kishi halok bo'lgan.

18-dekabr, dushanba kuni mahalliy vaqt bilan 23:59 da 6,2 magnitudali zilzila sodir bo'ldi. Eng ko'p Gansu viloyati zarar ko'rdi, u yerda 15 mingta uy vayron bo'lgan.

Qutqaruv ishlarida armiya va favqulodda xizmatlar ishtirok etmoqda. Xitoyda kutatilayotgan sovuq ob-havo vaziyatni yanada og'irlashtirmoqda. Deyarli 90 ming kishi chodirlarda yashashga majbur bo'lmoqda, kechasi havo harorati minus 10 darajadan pastga tushyapti, deb xabar beradi mir24.tv.