Xitoyning janubiy Guandun viloyatidagi Insta360 fotoapparat kompaniyasi o'z xodimlari uchun “Oz va pul ishla” tanlovini boshladi. Qoidalar oddiy: har tashlangan 500 gramm vazn uchun rahbariyat 500 yuan (70 dollar) to'laydi. Biroq, tanganing ikkinchi tomoni bor: xodim orttirgan vazn uchun pul to'lashi kerak bo'ladi. Har 500 gramm vazn orttirishi 800 yuanga (112 dollar) tushadi, deya xabar beradi City News Service Shanghai.

Xabar qilinishicha, hozircha hech kim jarimaga tortilmagan. Boz ustiga aktsiyaga 99 nafar xodim qo'shildi, ular jami 950 kilogramm vazn yo'qotib, jami 1 million yuan (139 389 dollar) ishlab oldi.

Insta360 ning ta'kidlashicha, tashabbus sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish va xodimlarni hayot va ishga ijobiy munosabatda bo'lishga undashga qaratilgan, deb xabar berdi rbc.ru.