Xitoyda pensiya jamgʻarmasi yoʻq, ammo ammo mintaqalar darajasida jamgʻarma bor. Xitoyliklar pensiya uchun ish haqidan maʼlum summa ushlab qolinadi va bu pul uning hisobiga oʻtadi. Lekin xitoylik pensiyaga chiqmaguncha yigʻilgan pulni ololmaydi.
Agar u pensiya yoshigacha vafot etsa, hisobidagi pul uning merosxoʻriga oʻtadi. XXRda umummilliy pensiya jamgʻarmasi yoʻq, Xitoyda 3 turdagi pensiyasi mavjud. Yaʼni shahar, qishloq va davlat xizmatchilari nafaqasi. Ular turli tartiblarga asosan shakllanadi. Boy oʻlkalarda pensiya kambagʻallardagiga nisbatan 8-marta koʻp boʻlishi mumkin.
fShaharliklar oladigan pensiya keng tarqalgan. Ish beruvchi mintaqa pensiya jamgʻarmasiga ish haqining 16 foiz miqdorida badal oʻtkazadi, yana ishlovchining oʻzi ish haqidan 8 foiz badal toʻlaydi. Keyinchalik bu pensiyaga chiqqan fuqaroning davlat pensiyasiga qoʻshimcha hisoblanadi.