Rekordni 22 yoshli xitoylik Li Chjixao o'rnatdi. U o'zining avvalgi natijasini 13 soniyaga yaxshilashga muvaffaq bo'ldi. Ilgari eng yaxshi natija kolumbiyalik Anxel Alvaradoga tegishli edi.
Li Chjixaoni anchadan beri boshqotirmalar qiziqtirib keladi. Shunga qaramay, u kubiklarni o'tirib yig'ishdan zerikkan, shu bois u vazifani murakkablashtirishga va tomoshaga sirk elementini qo'shishga qaror qildi. Yanada yaxshi natija ko'rsatish uchun mahoratini oshirishga va'da berdi. Rekordchi bir kun kelib kubikni suv ostida yoki teskari holda yig'ishga harakat qilishini istisno qilmadi, deb xabar beradi mir24.tv.