Xitoylik investorlar Qoʻngʻirotda

    Qoʻngʻirot tumani hokimi B.Madaminov Xitoy Xalq Respublikasining “URUMQI DELIXINGIAN TRADING” CO.LTD kompaniyasi boshligʻi Cui Ji Cheng ni va kompaniya vakillarini qabul qildi.

    Uchrashuv davomida tuman xududida zamonaviy rangli gʻisht, yontoqtan chorvachilik uchun yem-hashak, kunjut yogʻini ishlab chiqarish, qizilmiya tomirini qayta ishlash, polietilendan toʻqilgan (Rotan) yengil mebel buyumlarini ishlab chiqarish boʻyicha investitsiya loyihalari muhokama etildi.

    Tomonlar tuman imkoniyatlaridan kelib chiqib, yangi investitsiya loyihalarni amalga oshirish choralarini kelishib olishdi.