Maʼlumotlarga koʼra, 25 oktyabrь kuni Pekin kimyo texnologiyalari va Dongxua universiteti talabalari Appleni sudga bergan.

Bunga kompaniyaning yangi qurilmalari quvvatlagichsiz chiqarilyotgani sabab boʼgan.

Daʼvogarning taʼkidlashicha, iPhone'ning yangi seriyalari quvvatlagichsiz sotilishi isteʼmolchilarning huquq va manfaatlarini buzmoqda.

Ular Applejamlanmasiga quvvatlagichlar qaytarilishini talab qilishni soʼrashgan.

Apple quvvatlagichlarni atrof-muhitga zarar yetkazmaslik maqsadida chiqarmayotgan edi. Ammo daʼvogarlar bu qarorni toʼgʼri emas, deb hisoblamoqda.

Kompaniya mahsulotni ishlab chiqarishda davom etyapti va ular alohida sotiladi. Bu orqali Apple qoʼshimcha daromad olmoqda.

Ushbu qaror kompaniya tomonidan oʼtgan yili chiqarilgan. iPhone 12 quvvatlagichsiz sotilgan dastlabki smartfon boʼldi. Shundan keyin boshqa texnologik gigantlar ham shu taktikaga oʼtib oldi.