Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Xitoydagi qator kompaniyalar bilan muzokaralar o'tkazdi. Muzokaralar natijasiga ko'ra, Xitoyning “China First Highway” kompaniyasi Andijondagi chiqindi poligonlarida elektr energiyasi ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish uchun 30 mln. dollar investitsiya kiritishiga kelishildi.  

Shuningdek, “Yingli solar” kompaniyasi Asaka tumanida 150 gektar er maydonida quyosh fotoelektr stantsiyasini quradi, Ulug'nor, Baliqchi, Asaka tumanlarida gidroelektr stantsiyalari qurilishiga sarmoya kiritadi.  

“GD Power Development Company” kompaniyasi  esa Xonobod shahri va Andijon tumanida shamol energiyasi stantsiyasini bunyod qilish, “Yangi Andijon”da quyosh panellarini o'rnatish, Andijon tumanida quyosh panellari uchun ehtiyot qismlar (invertorlar) ishlab chiqarishni tashkil qilish maqsadida o'rganish ishlari olib boradi.