11-apreldan boshlab Guanchjou shahridagi maktablar faoliyati vaqtincha toʼxtatildi. Mazkur cheklovlar mamlakatda koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida qabul qilingani sabab sifatida koʼrsatilmoqda. 

Yana boshqa qator shaharlarda masofaviy taʼlimga oʼtilmoqda.  

"11 apreldan boshlab Xitoy poytaxtidagi boshlangʼich va oʼrta maktab oʼquvchilari masofaviy taʼlimni boshladi", deyiladi mahalliy hokimiyat xabarida.  

Bundan tashqari, shahardagi maktablar bilan birga taʼlim muassasalarida ham kunduzgi sinflar tashkil etilmagan. Oliy taʼlim muassasalari yopiq boshqaruv rejimiga oʼtkazilmoqda. Bolalar bogʼchalarga qabul qilinmaydi.   

Maʼmuriyat mahalliy aholini Guanchjouni zaruratsiz tark etmaslikka chaqirmoqda. Oʼtgan haftada olingan maʼlumotlar shuni koʼrsatadiki, 19 milliondan ortiq kishi PTsR testidan oʼtgan. Megapolis hukumati COVID-19 bilan kasallangan bemorlar uchun vaqtinchalik shifoxona qurishni boshlagan.