Ikki tomonlama savdoning oʻsishi 2021-yilda 7,4 milliard dollardan oshgani hamda joriy yil yanvar-sentyabr oylarida 6,8 milliard dollarga yetgani taʼkidlandi. Ushbu fakt, har ikki mamlakatda ishlab chiqarish va eksport faoliyatini amalga oshirish, shu jumladan xorijiy investorlarning faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratilganidan dalolatdir.
Tomonlar investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni jalb etish sohasida ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirishning oʻsib boruvchi xususiyatini taʼkidladilar. Soʻz neft-gaz, kimyo sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish, farmatsevtika, agrar sektor, yengil sanoatda loyihalarni amalga oshirish haqida boryapti, bu esa, oʻz navbatida, Oʻzbekiston iqtisodiyotini texnologik jihatdan modernizatsiya qilish va diversifikatsiyalashni jadallashtirishga yordam beradi.
Korporatsiyaning “yashil” energetika, transport, infratuzilmaviy rivojlanish va boshqa sohalarda qoʻshma loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etish istiqbollari koʻrib chiqildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar joriy kelishuvlarni amalga oshirish va hamkorlikning yangi yoʻnalishlarini ishlab chiqish boʻyicha ishlarni davom ettirishga oʻzaro qiziqish bildirdilar, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.