Maʼlum boʻlishicha, 2021-yil 8-yanvar soat 03:41 da yuqorida koʻrsatilgan manzilda sizib chiqqan tabiiy gaz va havo aralashmasi natijasida chaqnash sodir boʻlib, yashash uyining devorlari va tomi qulagan hamda uyning 70 kvadrat metr maydonida tom bostirmasida yongʻin sodir boʻlgan.
Voqea joyida FVB yongʻin-qutqaruv xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv ishlari natijasida soat 04:50larda uy egasi 16 yashar qizining jasadi bino konstruksiyasi uyumlari orasidan olib chiqildi. Yongʻinda uy egasining yuz qismi, qoʻllari 22 % termik kuyib, shifoxonaga yotqizilgan.
Tabiiy gazdan foydalanish qoidalarining buzilishi chaqnashning asosiy sababi deb taxmin qilinmoqda. Voqea joyiga viloyat hokimi boshchiligida IIB, FVB, SSB va boshqa tegishli idoralarning kuch hamda vositalari jalb etilib, favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha ishlar olib borilyapti, deb xabar beradi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.