Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Xorazm viloyati hokimligi va viloyat turizmni rivojlantirish departamenti masʼullaridan iborat ishchi guruh tomonidan oilaviy mehmon uyi egalarini yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtkazilib, reyestrga kiritildi hamda tegishli guvohnomalar topshirildi. Ularning sanitar-gigiyenik qoidalarga qatʼiy rioya qilishiga oid tushuntirish ishlari olib borildi.

Milliy anʼana va oʻziga xos uslubni uygʻunlashtiruvchi mazkur oilaviy mehmon uylari 5 xonadan iborat boʻlib, 10 oʻringa moʻljallangan. Taʼkidlash joizki, oilaviy mehmon uylarining ochilishi mahalliy aholi, ayniqsa hudud ayollarini ish bilan taʼminlash barobarida ichki turizmni jadal rivojlantirish yoʻlida xizmat qiladi.

Maʼlumot uchun: hozirga qadar Xorazm viloyatida 70 ta oilaviy mehmon uyi mavjud boʻlib, ayni vaqtda ularning soni jami 75 tani tashkil etadi, deb xabar beradi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati.