Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tashkil etilayotgan ushbu nufuzli olimpiadada Germaniya, Turkiya, Ozarbayjon, Hindiston, Vetnam, Jazoir, Braziliya, Belarus, Rossiya, Qozogʻiston, Oman sultonligi, Gruziya, Turkmaniston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Oʻzbekiston kabi mamlakat oʻquvchilari ishtirok etishi kutilmoqda.  

Shuningdek, olimpiadada faxriy mehmonlar, professorlar yosh bilimdonlar uchun mahorat darslari oʻtkazadilar.

Qayd etilishicha, mazkur olimpiadani oʻtkazishdan  asosiy maqsad iqtidorli yoshlarini aniqlash va qoʻllab – quvvatlashdan  iborat.