Oʻzbekiston va XMT oʻrtasidagi hamkorlikning amaliy jihatlari, jumladan, mehnat qonunchiligini takomillashtirish, xalqaro mehnat standartlarini joriy etish, mehnat bozori va ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlash borasidagi rejalar koʻrib chiqildi.

Shuningdek, XMTning joriy yil iyun oyida oʻtkaziladigan xalqaro mehnat konferensiyasida Oʻzbekiston vakillarining ishtirok etishi masalasi muhokama etildi.

Uchrashuvda Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktori Jilber Ungboning Oʻzbekistonga kutilayotgan tashrifi dasturi doirasidagi tadbirlar yuzasidan ham kelishib olindi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.