Shunga ko‘ra, bugun, 31-avgust kuni ishga chiqqan xodimlar 1 soat vaqtliroq uyiga ketishiga haqli.
Ma’lumot uchun, bayramdan oldingi kuni ishning (smenaning) davomiyligini qisqartirish imkoni bo‘lmagan uzluksiz ishlaydigan tashkilotlarda va ayrim turdagi ishlarda ortiqcha ishlaganlik xodimga qo‘shimcha dam olish vaqti berish yoki xodimning roziligi bilan ish vaqtidan tashqari ish uchun belgilangan normalar bo‘yicha haq to‘lash orqali kompensatsiya qilinadi.
Mustaqillik bayrami arafasida o‘zbekistonliklar ketma-ket 3 kun dam oladi:
1-sentabr, juma – bayram (ishlanmaydigan) kuni;
2-sentabr, shanba:
a) 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
b) 5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun odatdagi dam olish kuni;
3 sentyabr, yakshanba – barcha uchun odatdagi dam olish kuni.









