Davlatimiz rahbarining “Tashabbusli byudjetlashtirish amaliyotini yanada takomillashtirish hamda faol mahallalarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan, tashabbusli byudjetlashtirish jarayonlari doirasida byudjet tashkilotlarining rahbar xodimlari tomonidan majburiy ovoz yigʻish boʻyicha xodimlarga topshiriq berishlari taqiqlanadi.
Bu majburiy mehnatga jalb qilish sifatida tasniflanadi.
Mehnat kodeksining 5-moddasiga asosan majburiy mehnat taqiqlangan. Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 51-moddasiga muvofiq mehnatga biron-bir shaklda maʼmuriy tarzda majburlash bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shu harakat takroran yoki voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etilsa, Jinoyat kodeksining 148(2)-moddasiga asosan javobgarlikka tortiladi.