Oltmish besh yoshli vrach akamiz shu yil erta bahorda quvonchli gapni aytib qoldi.
— Nihoyat oʻttiz yildan keyin bizning ham orzumiz ushaldi. Koʻchamizning chetidan ichimlik suvi quvurini oʻtkazib ketishdi baraka topgurlar! Kichkina plastmassa quvur orqali xonadonimizga suv tortib oldik. Endi bir kilometr olisdan suv tashib kelishdan qutuldim. Uyimizdan uncha olis boʻlmagan joyda Termiz shahrini suv bilan taʼminlash inshooti boʻlsada, oʻttiz yil suvni tashib ichibmiz-a.
Maʼlum boʻlishicha, shu yilning boshida “Manguzar” mahallasida Termiz tumani va viloyat hokimlari xalq bilan uchrashuv oʻtkazgan, shunda faxriy bir onaxon rahbarlarga qishloqqa suv kerakligi masalasini ochiq-oydin aytgan. Muloqotdan keyin koʻp vaqt oʻtmay Manguzar qishlogʻidagi aholi xonadonlariga ichimlik suvi oʻtkazilgan.
Boysunda tuman markazidan ancha olisda Machay degan qishloq bor. Togʻli qishloqlar aholisining aytishicha, mahalliy byudjetdan ajratilgan bir milliard 150 million soʻm ajratilib, «Olchabuloq» bulogʻidan 14,5 kilometr masofaga quvur tortilib, Oʻrta va Yuqori Machay mahallalarida yashovchi 2,5 ming nafar kishi ichimlik suvi bilan taʼminlanibdi.
Qumqoʻrgʻon tumanidagi 10 ta mahallada yashovchi 31,2 ming nafar aholi “Surxon sohili” mahallasida joylashgan markaziy suv inshootidan ichimlik suvi ichadi. Bu inshoot 6,5 milliard soʻm sarflanib qayta taʼmirlandi hamda qoʻshimcha 5 ta mahalla aholisi ichimlik suviga yolchidi.
-Qumqoʻrgʻon tumanidagi “Chayontepa” mahallasida 769 xonadonda 4112 nafar aholi istiqomat qiladi, -deydi viloyat uy-joy, kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmasi matbuot kotibi Aziz Mashrabov. -2019-yilgacha bor yoʻgʻi aholining 23 foizi ichimlik suvi bilan taʼminlangandi. Qolganlar kanal, ariq, daryo va maxsus texnikalarda tashib keltiriladigan suvni ichishga majbur yedi. Oʻtgan yil 708 million soʻm evaziga artezian qudugʻi qazish, suv minorasi oʻrnatish va ikki kilometr masofaga quvur yotqizilishi natijasida qariyb ming nafar kishi ichimlik suvidan bahramand boʻla boshladi. Endilikda Vazirlar Mahkamasining “2019-2022-yillarda Qumqoʻrgʻon tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan «Qorsakli» mahallasidagi “Boʻyrachi” suv inshooti hamda tarmoqlarini rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan. 4,7 milliard soʻm mablagʻga bitadigan bu ish yakunida “Chayontepa” mahallasi aholisi ichimlik suvi muammosidan qutiladi. Shunda aholining ichimlik suvi bilan taʼminlash holati 80 foizga yetadi.
Xalqning prezidentga ichimlik suvi bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi murojaatidan soʻng berilgan topshiriqqa koʻra birgina Boysun tumaniga Xoʻjamayxona bulogʻidan 37 kilometrlik magistral tarmoq tortildi, Qiziriq tumanida 11 ta suv inshooti qurildi va rekonstruksiya qilindi.
Darvoqe, bugun aholini ichimlik suvi bilan taʼminlash hayotiy masalalardan biri. Prezidentimiz joriy yil 17-iyulda hududlarda ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimini yaxshilash, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini jadallashtirish masalalari boʻyicha oʻtkazgan videoselektor yigʻilishida joylarda aholining ichimlik suviga talabi qoniqtiradigan darajada yemasligiga tanqidiy baho berdi. Xoʻsh, Surxondaryo viloyatida aholi va xalq xoʻjalik tarmoqlarini ichimlik hamda oqova suvi bilan taʼminlash yuzasidan qanday ishlar bajarilyapti? Viloyat uy-joy, kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, bugungi kunda viloyat shaharu qishloqlarida yashayotgan 2,6 million nafar aholining 1,5 million nafari yoki 56,8 foizi markazlashgan ichimlik suvi, 3,9 foizi oqova suv xizmati bilan qamrab olingan.
Investitsiya, “Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasturlari doirasida viloyat hududida oʻtgan yili jami 125,3 milliard soʻm hisobiga 73 ta (69 ta ichimlik suv va 4 ta oqova suv) obyektida 287,67 kilometr ichimlik suv tarmoqlari ishga tushirilgan. Oqibatda 80 ming nafardan ortiq aholining ichimlik suviga boʻlgan ehtiyoji qondirilib, xonadonlarni suv bilan taʼminlash darajasi 54,5 foizdan 56,8 foizga yetkazilgan.
Joriy yilda ham bu ishlar davom ettirilmoqda. Investitsiya dasturi boʻyicha 83,06 milliard soʻm evaziga 44 ta (37 ta ichimlik va 7 ta oqova suv) inshootda 473,3 kilometr (421,5 kilometr ichimlik hamda 51,8 kilometr oqova suv) masofada ichimlik hamda oqova suv tarmoqlari qurish va rekonstruksiya qilish choralari belgilangan. Amaldagi yilning 1-avgust holatida 42,5 milliard soʻmlik qurilish-montaj ishlari bajarilib, 263,2 kilometrga suv tarmoqlari tortildi. Mablagʻ ajratilishi bilan yil oxirigacha rejalashtirilgan qolgan ishlar toʻliq nihoyasiga yetkaziladi.
Bundan tashqari, Prezidentning “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiy tarmoqlarga salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” gi farmoniga asosan tashkil qilingan inqirozga qarshi kurash jamgʻarmasining 18,4 milliard soʻm mablagʻi hisobiga bu yil Angor tumanidagi «Yangi kayron» va Denov tumanidagi Denov, Oltinsoy tumanidagi “Jobu”, “Jobu-1”, “Moʻminqul”, MSG, “Qorliq”, yangitdan tashkil qilingan Bandixon tumanidagi «Xoʻjaipok», «Oʻrgulsoy» aholi punktlaridagi 6 ta obyektning yangidan qurish va rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan. Pandemiya sabab bugungacha 5,2 milliard soʻm ajratilgani tufayli hozircha belgilangan 28,6 kilometr oʻrniga 10,1 kilometr masofaga ichimlik suvi tarmoqlari tortildi. Rejalashtirilgan ishlar toʻliq amalga oshsa, yil oxirigacha yana 100 ming nafar aholining suv taʼminoti yaxshilanib, hududlarni suv bilan taʼminlanganlik darajasi 56,8 foizdan 60,6 foizga yetadi.
Vohada aholini ichimlik va oqova suv taʼminotini yaxshilash boʻyicha bajarilayotgan ijobiy ishlar bilan birga hal qilinishi lozim boʻlgan masalalar ham yoʻq yemas. Vohadagi mavjud 1095 ta suv inshootidan 350 tasi, 7,4 ming kilometr uzunlikdagi ichimlik suv tarmogʻidan 4,4 ming kilometri taʼmirtalab. Ichki imkoniyatlardan foydalanish hisobiga bu muammolarni hal qilish chorasi koʻrilmoqda. Xususan, viloyat rahbarlarining yordami bilan yilning oʻtgan vaqtida Uzun, Sariosiyo, Denov tumanlarining ichimlik suvi tanqis boʻlgan 41 ta mahallasi hududida 45 ta suv qudugʻini yangitdan qazish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish hisobiga 18 ming nafar kishini ichimlik suvi bilan taʼminlashga erishildi. Vohadagi sobiq jamoa va shirkat xoʻjaliklari tugatilgandan soʻng 306 ta mahalla hududida yaroqsiz holga kelib qolgan 456 ta quduqdan foydalanilmayapti. Ularni bosqichma-bosqich rekonstruksiya qilsa va ishga tushirsa boʻladi. Faqat mablagʻ ajratilsa bas. Agar bu quduqlar ham foydalaniladigan holatga keltirilsa viloyatdagi yana 182 ming nafar kishining ichimlik suviga boʻlgan talabi qondiriladi.
Ayonki, aholini ichimlik suvi bilan taʼminlash maqsadida hukumat va homiy tashkilotlar koʻp mablagʻ ajratyapti hamda ishchi kuchi, texnika safarbar yetilmoqda. Aholi orasida obi hayotning har qatrasini tejash boʻyicha olib borilayotgan keng qamrovli tushuntirishlar behuda ketmayapti. Odamlar ming bir mashaqqat bilan yetkazib berilayotgan suvni tejash uchun xonadonlaridagi tarmoqlarga suv oʻlchagichlar oʻrnatmoqda. Bugungacha 60874 ta xonadonga suv oʻlchagich jihozlari oʻrnatildi. Yil oxirigacha yana suv tarmoqlariga 10300 ta suv oʻlchash jihozlarini oʻrnatish choralari koʻrilmoqda. Gidroinshootlarda suv oʻlchagichlar qoʻyish uchun ishlar boshlangan.
-Prezidentimizning oʻtgan yil Surxondaryoga tashrifi chogʻi respublika uy-joy, kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi rahbariyati Xalqaro moliya institutlari mablagʻi hisobidan viloyat hududida ichimlik va oqova suv taʼminotini yaxshilash boʻyicha qator loyihalarni amalga oshirilishi taqdimotini oʻtkazgandi, -deydi viloyat uy-joy, kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmasi ichimlik va oqova suv tizimlari istiqbolini belgilash hamda rivojlantirish boʻlimi boshligʻi Komil Ismoilov. -Loyihalardan biri Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida umumiy qiymati 45 million AQSH dollari boʻlgan “Oqtosh” va «Poshxurt» suv olish inshootlari hamda magistral suv quvurlarini qurish boʻlib, bu loyiha amalga oshirilsa Muzrabot tumanida 94 ming aholini ichimlik suviga boʻlgan talabi qondiriladi. Ikkinchi loyiha yesa Saudiya taraqqiyot fondi ishtirokida umumiy qiymati 46 million AQSH dollaridan iborat boʻlib, unga koʻra Sariosiyo, Denov, Jarqoʻrgʻon tumanlarida oqova suv tizimlarini qurib va rekonstruksiya qilib uch tumandagi 82 ming nafar aholining oqova suv xizmatini yaxshilash koʻzda tutilgan. Ushbu loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslari tayyorlanib, ilmiy kengash koʻrigidan oʻtkazilgan va ekspertizaga topshirilgan. Faqat tezroq mablagʻ ajratilsa bas.
Shuningdek, Uzun, Sariosiyo, Denov, Shoʻrchi, Jarqoʻrgʻon, Angor, Qiziriq, Boysun, Oltinsoy, Qumqoʻrgʻon, Sherobod, Muzrabot va Termiz tumanlarining ichimlik hamda oqova suv tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha xalqaro moliya institutlarining 160 million AQSH dollari miqdoridagi mablagʻini jalb yetish orqali amalga oshirish belgilangan 4 ta istiqbolli loyihalarni joriy yetishni jadallashtirish zarur. Mazkur loyihalarni 2021-yilda boshlash uchun texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishga talab yetiladigan mablagʻning qolgan qismi Moliya vazirligi tomonidan (bugungacha 15 foiz moliyalashtirilgan) loyiha korxonasiga berilsa, ishlar jadallashib ketadi va Surxondaryo viloyati aholisining ichimlik suv bilan taʼminlashni 90-95 foizga oshirish imkoniyati tugʻiladi.
-Bugun viloyatdagi 721 ta mahallaning 117 tasi fuqarolari umuman ichimlik suvi bilan taʼminlanmagan, - deydi “Surxondaryo suv taʼminoti” MCHJ direktori v.v.b A.Mamatqobilov. -Prezident topshirigʻiga asosan ichimlik suvi taʼminoti ogʻir boʻlgan hududlar aholisiga obi hayotni maxsus texnikalar orqali yetkazib berishni tashkil qilish maqsadida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ Surxondaryoga 10 ta suv tashish maxsus texnikasi bilan xizmat koʻrsatmoqda. Bu texnikalar “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ balansida boʻlib, istagan paytda ulardan foydalanib boʻlmayapti. Shu bois, oʻsha texnika “Surxondaryo suv taʼminoti” MCHJ balansiga oʻtkazilsa aholini suv bilan taʼminlash sifati oshardi.
“Surxondaryo Suv Taʼminoti” MCHJ matbuot xizmati